ERKAK YIG'LAYDI !................
Ezgu orzulari bo'lganida puch,
Ayol xiyonatiga kelganida
duch. Nafsini yengmoqqa
topolmasa kuch, Alamdan
ezilib, erkak yig'laydi. Xaqiqat olovdir, yolg'on bir shisha,
Xaq gapni aytmoqdan qilmam
andisha. Qizi nogox bo'lib
qolsa foxisha, Xammadan
yashirib erkak yig'laydi.
Cheksiz xasratlarga qolganda botib, Ayriliq dog'ini
ko'rganda totib. Bolasin
tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib, erkak
yig'laydi. Xizmat qilolmasa
tikib jonini, Rozi qilolmasa otajonini. Tuproqqa
qo'yganda onajonini, Uyalmay
bo'kirib, erkak yig'laydi.
Do'sti sotib ketsa og'ir kunida,
Dardkashi bo'lmasa aslo
yonida. Omadi chopmasa ish maydonida, Bir chetga o'tirib,
erkak yig'laydi. Shayton
quchog'ida yotsa bolasi,
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi,
Ajalin chaqirib, erkak yig'laydi. Xaromni tanlasa,
xalol turganda, Navqiron
yoshligin uvol qilganda. Qirq
do'sti bo'lmasa, qirqqa
kirganda, Chin dildan o'rtanib,
erkak yig'laydi. Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin, Xech
masjid tomonga burmasa
yo'lin. Bir kuni tushunsa
adashganligin, Umriga achinib,
erkak yig'laydi. Toshdan ham
qattiqdir yetimlik noni, Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
Ming bir azoblarda qolganda
joni, Ko'ngliga suyanib, erkak
yig'laydi. Maylaru sharobga
bo'lsa u oshiq, Jirkanch
odatlargam yashasa sodiq. Nom qozonolmasa ablaxdan
ortiq, Bir kuni og'rinib, erkak
yig'laydi. Xech ham baxt
ko'rmasdan bir kuni oxir,
Og'zim oshga yetdi deganda
asl. Ajal sari "ketdik" desa Azroil, "E vox", deb baqirib,
erkak yig'laydi...